Akademiya va Olmazor tumanidagi 119-umumtaʼlim maktab bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurovning 8-avgustda 119-umumta’lim maktabiga tashrifi chogʻida Akademiya imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oʻqituvchi va talabalarni maktabdagi ijtimoiy muhitning sogʻlom boʻlishi, talabalar amaliyotini tashkil etish, sohaga oid adabiyotlar bilan maktab kutubxonasini taʼminlash masalalari koʻrib chiqilgan edi. Natijada psixologlarning 119 maktabga pedagogik amaliyoti, 80 nusxa badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalar va 16 nusxada ilmiy-ommabop jurnallarning maktab kutubxonasiga taqdim etilishi taʼminlandi.
24-oktabr kuni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Akademiya vakillari 119-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oʻrnatilgan hamkorlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar maktab rahbariyati bilan muhokama qilindi.
Xususan, memarandum asosida oʻquv yili mobaynida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tuzish maktab direktori L.Saidov bilan kelishildi. Maktabda professor-oʻqituvchilar va xodimlarni jalb etgan holda informatika, chet tili (ingliz tili) fanlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida davra suhbatlari uyushtirish, maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun Akademiyada “ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish, uning hududida joylashgan muqaddas qadamjolarga tashriflarni amalga oshirish, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, Akademiya bitiruvchilarining jamiyatimizda tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berish rejalashtirildi.
Shu kuni maktabga tashrif buyurgan masʼullar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Kelgusida maktabda mahorat darslari hamda umummilliy bayramlar va tarixiy sanalarga bagʻishlangan tadbirlarda Akademiya professor-oʻqituvchilari va amaliyotchi talabalarining faol ishtirokini taʼminlash, amaliy mashgʻulotlarda tajriba almashish belgilab olindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish