140

Akademiyaning 6 ta jamoasi “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasining keyingi bosqichiga yo‘l oldi

Kuni kecha “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalaridan iborat 6 ta jamoa Respublika bosqichiga yo‘lllanmani qo‘lga kiritdi.

Respublika bosqichi joriy yilning 17-noyabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Respublika bosqichida yuqori natijalarga ega bo‘lgan jamoalar 2024-yilning 13-15 dekabr kunlari Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Astana va Tbilisi shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy Yevroosiyo finalida ishtirok etadilar.

Shu fursatdan foydalanib, Akademiya jamoalariga kelgusi bosqichlarda omad tilaymiz.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish