Akademiya professor-o‘qituvchilarining yangi nashrlari taqdimoti o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Najmiddin Nizomiddinov va dotsent Ra’no Urazova tomonidan nashr qilingan yangi adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Unda Akademiya talabalari, ARM xodimlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Tadbir talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Professor Najmiddin Nizomiddinov “Qadimgi Afg‘oniston tarixi, diniy e’tiqodi va madaniyati” nomi ostida tayyorlagan monografiyasi haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, qiziqishlari asosida nashr qilgan din va tibbiyot masalalariga bag‘ishlangan asari xususida ham to‘xtalib o‘tdi.
Dotsent Ra’no Urazova tomonidan “Din va san’at” nomli o’quv qo’llanmasi haqida ma’lumot berildi. Qo‘llanma ibtidoiy dinlarga oid ramzlaridan tortibdinlarda turli miflar tasviri, yahudiylikdan to jahondinlari turkumiga kiruvchi buddaviylik, xristianlik vaislom dinlarida san’atga munosabat masalalariga bag’ishlangan.
Muallif qo‘llanmadan o‘rin olgan mavzular turlikonfessiyalarga mansub cherkov, sinagoga, masjidlar va ibodatxonalarning ichki va tashqi ko‘rinishi, ularning tarkibiy tuzilishi insonlarda diniy his-tuyg‘ularning shakllanishiga sabab bo‘lsa, undagi obyektlar: haykal, rasm, surat, diniy semiotik belgi varamzlar hamda ibodat atributlari insonda diniy tuyg‘ularning rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish