25

Toshkent madaniy meros haftaligi: xalqaro muloqot va oʻzaro bilimlar almashish manzili

Xabaringiz bor ayni kunlarda Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 27-oktabriga qadar davom etadigan mazkur haftalik doirasida turli konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari qatnashmoqda. 

Madaniy meros haftaligida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, “Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari” xalqaro sharqshunoslar forumi va koʻrgazmasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Neʼmatulla Nasrullayev “Muxtasar al-viqoya” asariga oid yangi tadqiqotlar” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. 

Toshkentda Madaniy meros haftaligini oʻtkazishning asosiy maqsadi xalqaro muloqot va oʻzaro bilim almashishni mustahkamlash, chet ellik hamkorlar bilan yangi qoʻshma loyihalarni tasdiqlashdan iborat boʻlib, bular mamlakat madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish uchun yoʻnaltirilgan. Bu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq ravishda oʻtkazilmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish