27

Akademiya dotsenti bu yilgi saylov jarayoni haqida ma’ruza qildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktabr sanasida mamlakatimiz va xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda aholi orasida saylovoldi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida “Aralash saylov tizimi va uning afzalliklari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Akademiya dotsenti Markaz jamoasiga bu yilgi saylov jarayoni, ovoz berish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berdi.

Chindan ham joriy yilgi yangi saylov tizimi aralash tartibda boʻlib, parlamentning yarim qismi majoritar, qolgani esa proporsional tizim asosida saylanadi. Bunda 75 deputat bevosita saylovchilar tomonidan nomzodlar orasidan tanlansa, qolgan 75 nafari partiyalar roʻyxati orqali saylanadi. Bu yondashuv demokratik tizimni yanada kengaytirib, saylovchilarga ikki xil – individual nomzod va partiyaviy tanlov imkoniyatini yaratadi. 

Izoh qoldirish