1

Akademiya talabalari uchun Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Gulnora Gulyamova, o‘qituvchi Kamoliddin Jahongirov tomonidan “Turizm (ziyorat turizmi)” ta’lim yo‘nalishlari 3-kurs talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar Islom Karimovning serqirra faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgani, Prezident sifatidagi butun hayoti va faoliyatini yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug‘ maqsadga bag‘ishlaganligi va istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirgan ulkan o‘zgarishlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Izoh qoldirish