Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusida V xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
Mazkur simpozium O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, K.Sh.Toqtomamatova nomidagi Xalqaro universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hamkorligida o‘tkazildi.
Anjuman avvalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov rektor Uyg‘un G‘afurovning tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining professori Netmatjon Almetov, K.Sh.Toqtomamatova nomidagi Xalqaro universiteti Fan, xalqaro aloqalar va innovatsiyalar ta’lim texnologiyalari bo‘yicha prorektor Tologon Omoshev, Istanbul universitetining professori Kemal Yavuz Ataman, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i Jo‘raboy Toshqulov, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati kengash raisi Ikram Hashimjanov, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dotsenti Nurgul Aldabek, Anqara universitetining professori Mahmut Samar, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda talabalari ishtirok etdi.
Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan “Globallashuv va turkiy tilli mamlakatlar fuqaroligining o'ziga xosligi: global o'zgarishlar sharoitida milliy qadriyatlarni saqlash”, “Turkiy xalqlar davlatchiligi va huquqi rivoji: holati va istiqbollari”, “Turkiy xalqlar madaniy aloqalari rivojlanishida etnomadaniy birlashmalar roli”, “Turkiy xalqlar falsafasi milliy madaniyatning asosidir”, “Radikalizmning oldini olishda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashning mohiyati”, “Turkiy davlatlar integratsiyasi masalalari va rivojlanish istiqbollari”, “Islom huquqshunosligida texnologik taraqqiyot va germenevtik talqinlar: zamonaviy muammolarga javoblar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirda xalqaro munosabatlar, turkiy tilli davlatlar falsafasi, madaniyati, hamkorligi va xavfsizligi masalalari, shuningdek, turdosh fan yoʻnalishlarida turkiy tilli davlatlar integratsiyasi omillari hamda qonuniyatlarini oʻrganish sohasida toʻplangan tajribani umumlashtirish maqsad qilib olindi.
Turkiy tilli davlatlar falsafasi, madaniyati, integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy, siyosiy jihatlarining nazariy-metodologik masalalariga oid tahlillarni oʻrganish, turkiy tilli davlatlar falsafasi, madaniyati tarixi boʻyicha maʼlumotlar almashish kabi vazifalar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, ijtimoiy, siyosiy muammolar oʻrganilib, amaliy faoliyatga yoʻnaltirish, turkiy tilli davlatlar integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy, madaniy, siyosiy jihatlari masalasini muhokama qilindi.
Simpoziumda soʻzga chiqqanlar tomonidan turkiy tilli davlatlar falsafasi, madaniyati, tarixining yangi qirralari, turkiy tilli davlatlar integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy, siyosiy jihatlariga taʼsir etuvchi omillar, turkiy tilli davlatlarning hamkorlik aloqalarining tarixi va buguni hamda turkiy tilli davlatlar integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy, madaniy va siyosiy jihatlarining istiqbollari qayd etildi.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan qardosh turkiy xalqlarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi, mushtarak xalqlarning ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash va yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish, bugungi davrdagi dolzarb masalalar borasida samarali yechimlarini hamkorlikda ishlab chiqish kerakligi qayd etildi.
Qizg‘in munozara, mavzu yuzasidan o‘rtaga tashlangan masalalar bo‘yicha yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Simpozium yakunida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tarixiy qadamjolarga sayohat tashkil etildi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish