30

Mehmet Emin Oʻzafshar

Bugun bu yerda insoniyat tarixining eng buyuk siymolaridan biri boʻlgan va islom tarixining peshqadam olimlaridan boʻlgan Hakim Termiziyning muhtasham ziyoratgohidamiz.

Biz Turkiyadan bir guruh islomshunos va hadisshunos olimlar Hakim Termiziy va Abu Iso Muhammad Termiziyning imliy merosiga doir anjumanda ishtirok etish uchun tashrif buyurdik.

Hakim Termiziy 12 asr avval yashagan, arab tili, fiqh, hadis, kalom, tafsir kabi sohalarda islom adabiyotida va irfon tarixida oʻziga xos oʻrin tutgan shaxs hisoblanadi. Uning ota-onasi ham oʻz davrining hadisshunos shaxslaridan biri boʻlgan.

U oʻz talabalari va ilmiy ijodi bilan islom va irfon tarixida oʻz oʻrnini qoldirgan.

Hakim Termiziy irfon ilmida peshqadam hisoblanadi. U arab tili, fiqh, hadis, kalom, tafsir va inson psixologiyasi sohalarida samarali ijod qilgan. Uning ijodlari oʻz davrining va bugungi kunning muhim manbalaridan biri hisoblanadi.

Biz bugun ana shunday moʻtabar zotning ziyoratida boʻlib turganimizdan juda xursandmiz. Oʻz navbatida, mana shunday xalqaro anjumanni yuksak saviyada tashkil etgan Oʻzbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Termiz shahrida boʻlib oʻtayotgan xalqaro anjumanda turkiyalik islomshunos olimlar ham Imom Termiziy, ham Hakim Termiziyning ilmiy meroslari doirasida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishadi.

Shubhasiz, bu kabi xalqaro ilmiy anjumanlar Oʻzbekistonning islom olamidagi azaliy qadriyatlari anʼanaviyligini namoyon etadi.

Prof. Dr. Mehmet Emin Oʻzafshar 

Anqara universiteti professori

Izoh qoldirish