Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi
Buyuk qomusiy olim, Temuriylar davlatining mashhur hukmdori Mirzo Ulug‘bek o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan yurtimiz taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siymo hisoblanadi.
Keyingi yillarda alloma hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘rganish hamda ommalashtirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Joriy yilda esa Mirzo Ulug‘bek tavalludiga 630 yil to‘ladi. Shu yilning 12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov, kafedra dotsentlari – Toxir Xotamov, Saidahmad G‘aybullayev, tyutor Yoqubjon Bazarov hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Ikkinchi Uyg‘onish davrining yorqin namoyandasi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek haqida ma’lumot berildi.
Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish