2

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Akademiyada “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida Vazirlar Mahkamasining 24/1-595-sonli topshirig‘iga muvofiq, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirning maqsadi savodxonlikni oshirish va madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boyligimiz bo'lgan o'zbek tilining rolini kuchaytirishdir.

Aksiya jarayonida talabalarning o'zbek tilidagi bilimlari sinovdan o'tkazilib, ularning savodxonligini oshirishga qaratilgan qiziqarli faoliyatlar o'tkazildi. Bu kabi tadbirlar o'zbek tilini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirishda muhim o'rin tutadi.

Izoh qoldirish