51

Sayful Asriy

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining ezgu tashabbuslari bilan yurtingizda oʻtayotgan “Islom tinchlik va ezgulik dini” deb nomlangan anjumanning barcha ishtirokchilarini tarixiy voqea bilan chin dildan qutlayman.

Olim sifatida yoshlarga, ushbu anjumanni kuzatib borayotgan sogʻlom fikrli kishilarga aytar soʻzim shuki, mutaassib fikrlarga ergashayotganlar bilib qoʻysinki, islom ezgulik dini. U hech qachon qon toʻkishga, zoʻravonlik qilishga undamaydi. Muqaddas islom nomidan amalga oshirilayotgan xunrezliklarning buyurtmachilari moʻminlardan emas.

Islom maʼrifatini, uning insonparvarlik gʻoyalarini, bagʻrikenglik borasidagi tavsiyalarini oʻrganmoqchi boʻlganlar, buzgʻunchi toifalarning yetakchilariga emas, sof tafsirga, rasulimiz sallolohu alayhi vasallamning sunnatlariga tayangan holda saboq berayotgan, biror-bir yurtda fitnaga yoki ixtiloflarga sabab boʻlmagan hur fikrli olimlarimizning fikrlariga eʼtibor qaratsinlar. Chunki, mutaassib fikrlarga qoʻshilishning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Kim dinda chuqur ketsa, u adashadi.

Alloh taolo Oʻzining Kalomi Qurʼonning “Quraysh” surasida, Quraysh qabilasiga tinchlik, omonlik bergani va Islom dinining muhabbatga va salomatlikka chorlashi haqida xabar bergan.

Islom nomidan internet orqali tarqatilayotgan fitnalardan oʻz yurtingiz ulamolarining fatvolariga tayangan, oqilona pand-nasihatlaridan bahramand boʻlgan holda omonda boʻlasiz. Bugungi anjumanda ham, bundan keyin ham sogʻlom fikrli islom ulamolari internatdagi mutaassiblarning fikrlari xato va asossiz ekanligini bot-bot takrorlaydi.

Jahondagi bir qancha mamlakatlarni katta tashvishlarga solayotgan bu fitnalarga kuch bilan emas, maʼrifiy yondoshuv bilan yechim topishni taklif etgan Oʻzbekiston Prezidentining barcha chaqiriqlarini biz olimlar bir ovozdan qoʻllab-quvvatlaymiz. Bir soʻz bilan aytganda, bu chaqiriq faqat islom ummati uchunmas, balki butun bashariyat uchun najot sadosidir.

Sayful Asriy,

Rossiyadagi Bulgʻor islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi oʻqituvchisi, 

Islom huquqshunosligi va zamonaviy fatvolar boʻyicha mutaxassis (Rossiya – Yaman)

Izoh qoldirish