26

Zamon bilan uygʻun va hamohang rivojlanish yoʻlida

Xalqaro anjuman

Poytaxtimizda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusida xalqaro konferensiya ochildi. Ushbu nufuzli anjumanda Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi mamlakatlardan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar, taniqli ulamolar qatnashmoqda.

Konferensiya ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidemti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirdi.

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 19-sentabrda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ilgari surgan tashabbusi asosida oʻtkazilayotgan anjumanga 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlari mezbonlik qilmoqda.

Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi 2024-yil, 16-oktabr, 211-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish