16

Ahmad al-Qosimiy

Ekstremizm va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash xalqaro markazi – “Hidayah” nomidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga ushbu muhim anjumanni tashkil etgani uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bugungi tahlikali davrda dinni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida koʻplab ziddiyatlar kelib chiqmoqayotgani hatto xunrezliklar sodir bo‘layotgani achinarli albatta. Islom nomidan ish tutayotgan buzg‘unchi toifalar uchun diniy eʼtiqodi to‘la shakllanmagan, eʼtiqod borasida yanglishgan yoshlar tayyor nishon vazifasini oʻtayotir. Aynan shunday manfur kishilar islomning asl insonparvarlik mohiyatini anglab yetmagan yoshlarni ekstremistik guruhlarga jalb qilmoqda. Bu ofatdan zarar koʻrmagan birorta millat yer yuzida topilmasa kerak.

Shaxsan men, buning sababini ilmsizlik va dinni toʻgʻri anglamaslikda, deb bilaman. Yoshlarni bunday tahdidlardan himoya qilishning bir qancha yoʻllar mavjud va ularning avvalida aytganimdek ilm yotadi. Oʻzbekistonday buyuk allomalarga beshik boʻlgan bu muqaddas yurtda boʻlib oʻtayotgan ushbu anjuman, ulkan haqiqat eshigiga yoʻllovchi, botil yoʻldan qaytaruvchi, chin islom maʼrifatini anglashning saodatini tushunib olishga xizmat qiladi.

Ahmad al-Qosimiy,
“Hidayah” zoʻravon ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha xalqaro markazi raisi ijrochi direktori (BAA) 

Izoh qoldirish