2

Mazkur konferensiya tinchlik va ezgulik yoʻlidagi muhim anjumanlardan biri boʻldi

Bu yurtda necha asrlardan beri Islom dini ravnaqiga hissa qoʻshgan buyuk allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abu Mansur Moturidiy kabi zotlar yetishib chiqqan. Ular Islom olamida yorqin iz qoldirgan siymolardir. Ular qoldirgan meros islom haqiqatini ifodalagan.

Mazkur konferensiyaning ulamolar yurtida oʻtkazilishida ham chuqur maʼno bor. Islom dinining tinchlik va osoyishtalikni targʻib qilishi, bagʻrikenglikni taʼkidlashida ushbu yetuk ulamolarning alohida oʻrni bor.

Misr va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar qadim tarixga bori taqaladi. Bugun bu davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarga urgʻu beradigan boʻlsak ushbu munosabatlarning mustahkam asoslarga barpo etilganini koʻramiz. Bu borada bir qancha yoʻnalishlarga eʼtibor qaratmogʻimiz mumkin boʻladi.  Xususan, Misr davlati birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini eʼtirof etib, oʻzining elchixonasini bu yurtda ochishga shoshilgani va 1994-yilda esa Misr zaminida Oʻzbekiston elchixonasi ochilganini qayd etish darkor.

Keyingi yillarda ushbu ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar rivojlanganligini ikki davlat rahbarlarining tashriflri orqali bilishimiz mumkin. 2018-yilda Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi janoblari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janoblari Misrga tashrif buyurdi. Bu tashriflar ikki tomonlama hamdoʻstlik aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 
  Men toʻxtalib oʻtmoqchi boʻlgan yana bir jihat – Oʻzbekistonda keng tarqalib, namoyon boʻla boshlagan diniy-maʼrifiy sohadagi izchil oʻzgarishlardir. Bu islohotlar, ilmiy-intellektual harakat Prezident yuritayotgan siyosatda ochiq-oydin oʻz ifodasini topgan. Bu esa Islom sivilizatsiyasi merosini qadrlash, ilm-fan va ulamolarga ehtirom koʻrsatish orqali oʻz ifodasini topadi. 
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur anjumanga tashrif ularoq Oʻzbekiston Prezidenti bu tabarruk zaminda muhim islohotlarni olib borganini, xususan Oʻzbekistonda maʼnaviy-maʼrifiy, diniy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda, islom merosini boyitish, ulamolariga yuksak ehtirom koʻrsatishini guvohi boʻldik.

Izoh qoldirish