29

Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda

Avval xabar berganimizdek, 2024-yil 15-16-oktabr kunlari mamlakatimizda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkaziladi. Unda xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din va davlat arboblari, muftiylar, taniqli ulamolar, ilmiy tadqiqotchilar hamda xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadi.   

Mazkur tadbirda qatnashish uchun hozirga qadar Islom olami uyushmasi Bosh kotibi oʻrinbosari, doktor Abdurahmon bin Abdulloh, Misr Arab Respublikasi muftiysi doktor Nazir Muhammad Ayyod, Kavkaz musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayxul-islom Allohshukur Poshozoda, muhaddis alloma Muhammad Avvoma, Istanbuldagi Ibn Xaldun universiteti professori  Muhyiddin Avvoma, Pokistondan Karachi islom universiteti professori Muhammad Taqiy Usmoniy, Dorul ulum Devband madrasasi mudiri Hind ulamolari jamiyati raisi Mavlono Arshad Madaniy,  Butunjahon islom ilmlari universitetidan doktor Saloh Abulhoj, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi oʻrinbosari Hasan Guchlu, ISAM (Turkiya) rahbari Murtazo Bedir, Malayziya Vaqf ishlari vaziri Zulkifl bin Muhammad al-Bakriy, Bulgʻor islom akademiyasidan doktor Sayful Asriy, AQSHning Atlanta shtatidagi Emori universiteti tadqiqotchisi  Rahimjon Abdugʻafurov, Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navroʻzbay hoji Tagʻanuli va Qirgʻiziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Abdulaziz Zakirov kabilar yurtimizga tashrif buyurishdi.  

Eʼtiborli mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida mutasaddilar kutib olib, ularni diyorimizga tashrifi bilan qutlash barobarida xalqaro anjumanning bugungi kundagi ahamiyati, taniqli ulamolar va ahli ilmlarning bir joyga yigʻilishidan fayz-u baraka hosil boʻlishi haqida soʻzladilar.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari yurtimizga kelishi davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish