Yangi saylov tizimi haqida targ‘ibot tadbiri oʻtkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Maʼrifat darslari” doirasida “Oʻzbekistonning yangi saylov tizimi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov va tyutor Maqsud Palvanov tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda “Axborot xavfsizligini boshqarish” va “Kompyuter injiniringi” yoʻnalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida talabalarga Oʻzbekistonda saylov qonunchiligining mazmuni va soʻngi yillarda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, ayniqsa, 2024-yil 27-oktabrdagi ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida oʻtkazishning oʻziga xos jihatlari batafsil tushuntirildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish