Shayxontohur tumani hokimi Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi
Shayxontohur tumani hokimi Bobir Аbubakirov hamda sektor rahbarlari tumandagi aholi ijtimoiy hayoti, mavjud infratuzilmalarni o‘rganish davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralarini ziyorat qildi.
Ziyorat davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov tomonidan madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni, allomalarning hayoti haqida ma’lumotlar berildi.
Ma’lumki, To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri sanaladi. Qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Yetti nizom” qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.
Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud.
Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov ustoz-shogird bo‘lgan bu ulug‘ zotlarning maqbaralari o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, do‘st va hamfikr bo‘lganining amaliy isboti ekanini e’tirof etdi.
Ziyorat davomida tuman hokimi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Tuman hokimi Akademiya hududdagi eng obod va ziyoli maskan ekani, muassasa bilan hamkorlik aloqalariga tayyorligini bildirdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish