32

Doktor Murtazo Bedir

Turkiya diyonat vaqfi Islom tadqiqotlari markazi (ISAM) rahbari Doktor Murtazo Bedir 1968-yili Turkiyaning markaziy qismidagi Sivas viloyatida tavallud topgan.

1992-yil Marmara universiteti ilohiyot fakultetida bakalavriat taʼlimini tamomlagan.

1993-yili Turkiyaning Sakarya universitetida ilmiy xodim sifatida ish faoliyatini boshlagan.

1996-yil London universiteti Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabining huquq fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan.

1999-yil Manchester universiteti sanʼat va fanlar fakultetining Yaqin Sharq tadqiqotlari boʻlimida “Hanafiy fiqhi nazariyasining dastlabki rivojlanishi (Usul al-fiqh)” nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

2000-yilda Sakarya universiteti ilohiyot fakulteti dotsenti lavozimida ish boshladi.

2002-2003-yillarda Suriya Milliy Taʼlim Vazirligi stipendiyasi bilan ushbu mamlakatda tadqiqot olib borgan.

2005-yilda Sakarya universiteti Islom huquqi kafedrasining dotsenti boʻldi va 2010-yil oxirigacha ushbu taʼlim dargohida faoliyatini davom ettirdi.

2007-2008-yillarda Garvard universiteti huquq fakultetida tadqiqot olib bordi.

2011-yildan Istanbul universiteti ilohiyot fakulteti professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2013-2020-yillarda shu fakultet dekani lavozimida ishlagan.

2015-yilda Islom Konferensiyasi Tashkilotiga qarashli Xalqaro Fiqh Akademiyasining Turkiya jumhuriyati vakili etib tayinlangan. Shu yili Din ishlari boʻyicha Oliy Kengash aʼzosi etib saylangan.

Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Izoh qoldirish