Doktor Avvod Mahmud Avvod Solim
Doktor Avvod Mahmud Avvod Solim 1977-yilda Misrning Qalyubiyya muhofazasida tugʻilgan.
2000-yilda Misrdagi “Al-Azhar” dorulfununi “Din asoslari” fakultetining “Aqida va falsafa” kafedrasini tamomlagan.
2010-yilda “Al-Azhar” universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu yildan “Din asoslari” fakulteti dekani etib tayinlangan va mazkur boʻlimda ustozlik qilib, talabalarga dars berib keladi. Hozirda ushbu fakultetning “Aqida va falsafa” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Doktor Avvod Mahmud Avvod koʻplab asar va tadqiqotlar muallifi sanaladi. Uning “Moturidiylik kalom maktabi” asariga soha mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bildirilgan.
Maʼlumot oʻrnida: 2023-yil doktor Avvod Mahmud Solim Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Abu Bakr Qaffoli Shoshiy va Baroqxon madrasalariga tashrif buyurib, Musʼhafi Usmonni ziyorat qilgandi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi qurilishi va undagi barpo qilinadigan boʻlimlar bilan tanishgandi.
Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish