Shayx Muhammad Adnon ibn Yosin Darvish
Mashhur faqih, usuliy alloma shayx Muhammad Adnon ibn Yosin Darvish 1970-yil 17-noyabrda Suriyaning Damashq shahrida tavallud topgan.
Misrning “Al-Azhar” universitetining bakalavriati (shariat va qonun fakulteti) va magistratura bosqichini (usulul fiqh) tamomlagan.
Usulul fiqh yoʻnalishi boʻyicha fan doktori ilmiy unvoniga ega.
“Abdulaziz Buxoriyning usulul Bazdaviyga sharhi “Kashful asror” asarining ilmiy tahqiqi” mavzusidagi magistrlik ilmiy ishini himoya qilgan.
“Ibn Hojibning usuldagi fikrlari” doktorlik ilmiy ishi birinchi oʻringa sazovor boʻlgan.
Damashq shahri va viloyatidagi oʻrta maktablarda mudarrislik qilgan.
1989-yildan Fath Islom institutida, 2006-yildan ushbu taʼlim dargohining yuqori universitet qismida dars berib keladi.
2014-yildan buyon Turkiyaning Istambul shahridagi Sabohuddin Zaim masjidida mudarris sifatida faoliyat yuritmoqda.
Shom oliy maʼhadida fiqh va mazhablar fiqhi boʻyicha ham mudarrislik qilgan. Damashq viloyatidagi Huda maʼhadining asoschisi va mudiri sanaladi.
Oʻtgan zabardast ulamolar, xususan Imom Suyutiyning “Sahihi Muslim”ga yozilgan “Deboj” nomli sharhini, Imom Kosoniyning “Badoiʼus-sanoiʼ” kitobini, “Hidoyatul Fattoh fi zikri adillati nurul iyzoh” kitobini, Meros ilmiga oid “Sirojiya” kitobi sharhini, Munziriyning “Arbaʼiyn fi istisnoʼil maʼruf” kitobini, Imom Margʻinoniyning “Hidoya” asarini, Imom Musiliyning “Ixtiyor” kitobini, “Sahihul Buxoriy”ning eng katta sharhlaridan boʻlmish “Najohul qoriy bisharhil Buxoriy” kitobini sharhlagan va tahqiq qilgan.
Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish