Mehmet Goʻrmez
Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Goʻrmez 1959-yilda Turkiyaning Gaziantep viloyati Nizip tumanida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Nizipda, oʻrta taʼlimni Gaziantep Imom Xatib oʻrta maktabida tamomlagan.
1983-1987-yillarda Anqara universitetining ilohiyot fakultetida taʼlim olgan. Oʻsha yili “Asosiy Islom fanlari” fakulteti “Hadis” kafedrasida magistraturada oʻqishni boshladi.
1988-yili Turkiya Respublikasi Milliy taʼlim vazirligi tomonidan ajratilgan stipendiya bilan Qohira universitetida bir yil davomida taʼlim va ilmiy izlanishlar olib bordi.
1995-yilda doktorlik dissertatsiyasini “Sunnat va hadislarni tushunish va talqin qilishda metodologiya muammosi” mavzusida himoya qilgan.
1995-1997-yillarda Qozogʻistondagi Ahmad Yassaviy universitetining ilohiyot fakultetida faoliyat yuritgan.
1999-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi.
2001-2003-yillar davomida Hacettepe universitetida dars berdi.
2003-yil Din ishlari boʻyicha vitse-prezident etib tayinlandi.
2006-yilda professor unvonini qoʻlga kiritdi.
2010-2017-yillarda Din ishlari boʻyicha raisi lavozimida faoliyat yuritdi.
Mehmet Goʻrmezning “Hadis ilmining asosiy masalalari”, “Qalb davosi”, “Gʻazzoliy asarlarida Sunnat va Hadis hamda ularning sharhlari”, “Sunnat va hadisning haqiqiy qiymati”, “Sunnat va hadislarni tushunish va sharhlashda metodologiya muammosi” va boshqa koʻplab asarlari nashr etilgan.
Hozirda oʻzi asos solgan Islom tafakkur instituti va Xalqaro Islom tafakkur jamgʻarmasi prezidenti sifatida faoliyat olib bormoqda.
Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish