5

Akademiyada 11-oktabr ­– Xalqaro qizlar kuni keng nishonlandi

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr ­– Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qilingan. 

Bu sana har yili jahon bo'ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, ularning ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini ta’minlash kabi holatlar kiradi.

BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog'liq holatlarni o'rganish tavsiya etiladi. Qizlar oila, jamiyat, butun millatni o‘zgartirishga qodir kuch.

11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni hamda 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti talaba-qizlari hamda Islomshunoslik fakulteti Dinshunoslik ta`lim yo‘nalishi rus guruhi 4-bosqich talabasi Nodira Normamatova va 2-bosqich tayanch doktorant Shahzoda Abduraimova ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish