56

Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy

Bulgʻor islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi oʻqituvchisi Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy 1975-yilda Yamanning Haj viloyatida tavallud topgan.

1979-yilda oilasi bilan Jidda shahriga koʻchib kelgan va oʻn yil oʻsha yerda istiqomat qilgan. Dastlabki diniy taʼlim va Qurʼoni karimdan saboqlarini aynan shu joyda olgan.

1989-yili vatani Yamanga qaytib, ilm tahsilini davom ettirgan. Shayx Abdulmajid Zindoniy rahbarlik qiladigan “Imon” universitetiga oʻqishga kirgan. Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy Shayx Sodiq al-Iroqiy, Shayx Mustafo Banjaviy, Shayx Solih Asmiriy kabi ulugʻ ustozlarda taʼlim oldi.

2000-yilda universitetning bakalavr bosqichini tamomlab, Qatar poytaxti Doha shahrida magistraturani davom ettirgan.

2001-2007-yillar davomida Qatar fatvo qoʻmitasida faoliyat olib borgan.

2007-yildan hozirga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining fatvo qoʻmitasida faoliyat olib bormoqda. Ushbu muddat orasida BAAdagi Muhammad V universitetida doktorlik darajasini olgan.

BAA poytaxti Abu Dabidagi Shayx Zoyid universitetida ham toʻrt yil mudarrislik qilgan.

Doktor Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy hazratlari koʻplab asarlar muallifi sanaladi. Xususan, “Yaxshi ong va fuqarolikning shakllanishida fatvoning oʻrni”, “Qursalik olimlar va ularning ilm va daʼvatdagi oʻrni”, “Imom Moturidiyning sifat oyatlari haqidagi manhaji” “Imom Ashʼariy aqida ilmida uch bosqichdan oʻtganmi?” “Zamonaviy fatvolar bilan bogʻliq muammolar va ularni bartaraf etish choralari”, “Fiqh va tasavvuf oʻrtasidagi robita va uning oila va jamiyatga taʼsiri” “Islomdagi mazhablarning paydo boʻlishi va rivojlanishi” shular jumlasidan.

Ayniqsa olimning ahli sunna val jamoa aqidasini turli botil aqidalardan himoya qilib yozgan “Alqovlut tam bi isbatit tafvizi mazhabaa lis salafil kirom”, “Al-Ashaʼiro val-Matrudiya hum savodul aʼzam” asarlari dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi.

Bugungi kunda Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy Bulgʻor islom akademiyasida turli islomiy fanlardan dars berib kelmoqda.

Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish