42

Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi

Islom mutafakkiri va buyuk voiz, ahli sunna val-jamoaning eng koʻzga koʻringan olimlaridan biri, nufuzli 500 ta ulamolar roʻyxatiga kiritilgan alloma Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi 1951-yil Hindistonda tavallud topgan.

1974-yilda Hindistondagi “Nuriya” arab universitetini, 1979-yilda Kalkutta dorulfununini tamomlagan. Soʻng taʼlim va tadris ishlari bilan shugʻullangan.

1981-yilda Laknovdagi “Dorul-ulum”ning arab tili va islomiy ilmlar boʻyicha xalqaro shahodatnomasiga ega boʻlgan.

1987-yilda ushbu mutaxassisliklar boʻyicha magistr darajasiga erishgan. Shundan keyin oʻz yurtiga qaytib, Kallekut universtetida faoliyatini davom ettirdi. 1993-yilda doktorlik ishini yoqlagan.

1998-yil Misrdagi “Al-Azhar” jomeasida ilmiy faoliyatini davom ettirgan.

Olim “Dar al-Huda” Islom universitetini tashkil etilishida muhim rol oʻynadi va u hozirda Dhaja shahridagi universitetda vitse-prezident sifatida xizmat qilmoqda.

Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi Assotsiatsiya Kengashi va Butun Hindiston Islom diniy taʼlim qoʻmitasi, Kerala shtatidagi Haj ishlari boʻyicha Butun Hindiston Islom diniy taʼlim qoʻmitasi, hukumat maktablari uchun oʻquv qoʻmitasining aʼzosi, ingliz tilidagi “Islamic Insight International Journal of Islamic Studies” jurnalining bosh muharriri va “Dar al-Huda” Islom universiteti tomonidan nashr etilayotgan ikki islomiy jurnal: Talijsham (Nur) va Sunchda Kudumim (Oila) jurnallari tahrir kengashi raisi hamda barcha Kerala oʻqituvchilari uyushmasi raisi sanaladi.

Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish