11

Talaba qizlar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba qizlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Bellashuvlar “Sening tashabbusing – sening kelajaging!” shiori ostida talaba qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilar mini futbol, voleybol, shaxmat-shashka, arqon tortish, “Quvnoq estafeta” kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

Izoh qoldirish