33

“Waxriyor emas Shahriyor”, “Abzaljon emas Afzaljon” yoxud Akademiyada hamkorlikda ilmiy seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Alfraganus universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati”ni yaratish davr talabi” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Alfraganus universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ilmiy seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.

Zoom platformasi orqali onlayn va oflayn formatda o‘tgan seminarda Alfraganus universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Muyassar Saparniyazova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Ma’lumki, inson tug‘ilganida yaxshi niyatlar bilan unga ism beriladi. Farzandiga yaxshi ism qo‘ymoq har bir ota-onaning vazifasi sanaladi. Turli davrlar va vaqtlar o‘tgani sayin ismlar ham zamonaviylashib, o‘sha davr ruhiyatiga mos holda o‘zgarib boradi.

Seminar davomida ma’ruzachi tomonidan bugungi kunda “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati”ni yaratish davr talabi ekanini qayd etarkan, bu borada hukumatimiz tomonidan bir qancha yangiliklar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Masalan, Adliya vazirligi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fandar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan o‘zbek ismlarining elektron imlo hamda izohli lug‘ati yaratildi. 

Seminarda mazkur sohada kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi. 

Izoh qoldirish