57

Ichki ishlar xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 

72 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

Dars mashg’ulotlari tasdiqlangan o‘quv reja asosida tashkil etilib, tegishli modullar bo‘yicha sohaning yetuk va malaka mutaxassislarni jalb etgan holda olib borilmoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov, “Islom dini manbalarida insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalarning ulug‘lanishi”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, dotsent Abdulatif Alloqulov “Aqidaviy masalalardagi ixtiloflar va ularning yechimlari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi F.Elmirzayev “Xalqaro terrorchi tashkilotlariga xos belgi va atamalar” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov tomonidan  “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi. 

Darslar yakunida tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan ilmiy va asoslantirilgan javoblar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish