57

Nazir Muhammad Ayyod

Nazir Muhammad Ayyod 1972-yili Qohira shahrida tugʻilgan.

1995-yil “Usul ad-din” boʻyicha “Aqida va falsafa” yoʻnalishida bakalavr darajasini olgan.

2000-yilda “Usul ad-din” yoʻnalishi boʻyicha “Aqida va falsafa” boʻyicha magistr darajasini, soʻngra 2003-yili birinchi darajali imtiyoz bilan doktorlik darajasini oldi.

Dastlab Kafr ash-Shayx shahridagi Islom va arabshunoslik kollejida oʻqituvchi boʻlib ishladi. Mansura universitetining Usul ad-din fakultetida dotsent lavozimida faoliyat yuritdi.

2016-yilda professor unvoniga ega boʻldi.

Keyinchalik “Al-Azhar” Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi, aqida va falsafa professori, Kafr ash-Shayxdagi Islom va arabshunoslik kolleji dekan oʻrinbosari lavozimlarida ishladi.

Shuningdek, u boshqa koʻplab vazifalarda faoliyat yuritgan. Al-Azhar bitiruvchilari xalqaro tashkiloti aʼzosi, Al-Azhar al-Sharif ilmiy tadqiqot xodimlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi aʼzosi, Misr Oila uyi aʼzosi va Vazirlikning Atrof-muhitni muhofaza qilish va giyohvandlikka qarshi kurash guruhi aʼzosi sanaladi.

Doktor Ayyodning ilmiy jurnallarda koʻplab maqolalari, ilohiyot, falsafa, mantiq, dinlar, mazhablar, tasavvuf va boshqa sohalarga oid oʻttizdan ortiq kitoblari chop etilgan.

Dr. Professor Nazir Muhammad Ayyod koʻplab ilmiy konferensiyalar va seminarlarda qatnashgan, Liviya va Saudiya Arabistonidagi xorijiy universitetlarda dars bergan.

Professor Nazir Muhammad “Al-Azhar” universiteti, “Oltinchi oktyabr” universiteti, Liviyadagi “Al-Asmariya” universiteti, Saudiya Arabistonidagi “Toif” universiteti va Misrning Jiddadagi konsulligi tomonidan koʻplab mukofot va guvohnomalar bilan taqdirlangan.

Dr. Professor Nazir Muhammad Ayyod 2024-yil 11-avgustdan Misr Arab Respublikasi Bosh muftiysi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish