38

Akademiya talabasi O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

Kuni kecha Samarqand viloyatida sportning Turon yakka kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada sportchilar turli toifalar bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Ahamiyatlisi, ushbu chempionatda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi Mumtoz Ubaydullayev 75 kilogramm vaznda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yakunda Akademiya talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston chempionga aylandi.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida chempionni qutlash uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Akademiya talabasining mazkur yutug‘i bilan tabrikladilar.

O‘z navbatida Akademiya talabasi mazkur sport turi haqida ma’lumot berdi. Turon yakka kurashi milliy sport turiga kirib, turkiy xalqlar jang qilish sanʼati namunasi sifatida qadimdan mashhur boʻlgan. Bu turdagi yakkama-yakka kurashish usuli Amir Temur davrida takomiliga yetgan.

Shu fursatdan foydalanib, Akademiya rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etib, uning o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz. 

Izoh qoldirish