1

Siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida siyosiy bilimlarni oshirish darslari tashkil etilmoqda.

Bugun ana shunday tadbirlarning navbatdagi o‘tkazildi. Dastlab “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.

Muloqotni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bu kabi tadbirlar mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng kafedra dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Shoislom Akmalov “Jahon siyosatidagi dolzarb masalalar: Yaqin Sharqda nimalar boʻlmoqda?” mavzusida ma’ruza qildi. 

Ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib borishi, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari va normalariga amal qiladigan mamlakat ekanini qayd etdi.

Lekin bugungi tahlikali, milliy, diniy, irqiy nizolarning kelib chiqishi ortidan dunyoning ayrim hududlarida sodir bo‘layotgan mojarolarning tub sabablari tahlil etildi. O‘zbekistonning tutgan pozitsiyasi xalqaro normativ huquqiy hujjatlar asosida mazkur o‘lkalarda tinchlik o‘rnatilib, begunoh insonlarning qurbon bo‘lishini oldini olish ekani e’tirof etildi. Davlatimiz rahbarining uzoqni o‘ylangan, tinchlik-totuvlikka asoslangan tashqi siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish