68

Ustoz otangdek ulugʻ

Mulohaza

Har bir kasb egasi qaysi bir sohada mehnat qilmasin, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezadi. Avvaliga maktabgacha taʼlim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy oʻquv yurtida ustozlardan saboq oladi. 

Ota-onalar esa bu borada har bir insonning bir umrlik ustozi. Ularning oʻgitlari esa alohida mavzu. Farzandlar taʼlim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida eʼtibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulugʻ, degan purhikmat naqlida ham oʻqituvchi va murabbiylarga boʻlgan samimiy tilaklari namoyon. Xalqimiz azaldan ustozlarini ulugʻlagan, hurmat qilgan va ehtirom koʻrsatgan. Bugun ham shunday, aslida.

Munira Qahhorova,

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi,

“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti v.b,

siyosiy fanlar doktori

Manba: “Vaqt. Время” gazetasi 2024-yil 3-oktabr, 40-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish