40

Akademiya talabalari uchun amaliy-trening o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik” mutaxassisligi 2-kurs tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova “O‘zbekiston – Germaniya veb-saytlaridagi diniy mediakontentning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzaning asosiy qismda “Ilmiy faoliyatda mnemonika metodlarining o‘rni” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Ushbu treningda tyutor Umida Xasanova, “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” yo‘nalishi magistratura va bakalavr talabalari faol qatnashdi. 

Taqdimot davomida ilmiy faoliyatdagilar uchun xotirani yaxshilash, diqqatni jamlash borasida maslahatlar, qolaversa, ma’lumotlarni eslab qolishdagi, ayniqsa, xorijiy tilni o‘rganishdagi mnemonika metodlari interaktiv usuldagi o'yinlar bilan yoritib berildi.

Tadbir yakunida Shahzoda Abduraimovaning “Mnemonika” kitobi talabalarga va kutubxonaga sovg‘a sifatida taqdim etildi. “Supercard” deb nomlangan ingliz tili+mnemonika tarqatma kartalari ham faol ishtirokchilar uchun hadya qilib berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish