Akademik litseyda oʻquv jarayoni sifati va samaradorligi tubdan oshiriladi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litseyga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chinniyeva muassasa o‘quv faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida akademik litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari, dars mashg‘ulotlarining sifati va tartibi, o‘quv adabiyotlarining holati kabi dolzarb masalalar tahlil etildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, bugungi kunda akademik litseyda 280 nafar o‘quvchiga 28 nafar asosiy shtatdagi malakali pedagog o‘qituvchi saboq berib kelmoqda.
Darslar bir smenada tashkil etilgan bo‘lib, davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berib kelinmoqda. O‘quv auditoriyalari zamonaviy interaktiv doskalar, monobloklar, yangi mebellar bilan jihozlangan.
O‘rganish davomida turli to‘garaklar faoliyati, axborot-resurs markazidagi kitoblar bazasi holati o‘rganildi. Kelgusida litseyda oʻquv jarayoni sifati va samaradorligi yanada oshirilishi qayd etildi.
Akademiya mas’ullari litsey o‘quvchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish