59

Ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy  immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

72 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad ichki ishlar xodimlarining O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, shaxsiy tarkib va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash, ularning oila a’zolarini turli radikal g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish usullari hamda xodimlarning sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan o‘quv reja asosida tashkil etilib, tegishli modullar bo‘yicha sohaning yetuk va malaka mutaxassislari – Akademiya prorektori Zohidjon Islomov hamda dotsent Saidafzal Saidjalolov tomonidan ma’ruzalar olib borildi. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

 

Izoh qoldirish