48

Ilmning sehrli olamiga sayohat

Kitob insoniyat tarixidagi eng ajoyib mo‘jizadir. Kutubxona esa insonlar uchun ajoyib dunyolar, tarix, madaniyat va bilimlar eshiklarini ochib beradi.

Joriy yilning 23-sentabr kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari va talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi. 

“Ilmning sehrli olamiga sayohat” mavzusidagi ekskursiya kutubxonaga sayohat ishtirokchilar uchun bilimlar olamiga haqiqiy sayohatga aylandi. Ekskursiya davomida kutubxonaning imkoniyatlari hamda undagi barcha adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarni qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish