69

Har bir inson e’tibor va e’zozda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi qaroriga muvofiq o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun Shayxontohur tuman “Shayxontohur” mahallasida yashovchi To‘lqin Karimov va Xasan Shoinagamov xonadoniga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi R.Gʻoyibnazarov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul N.Alibaeva, profilaktika inspektori M.Hakimov va “Qalqon” guruhi a'zolari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida keksalarning holidan xabar olinib, samimiy muloqot qurildi. Nuroniylar qo‘lini duoga ochib, yurtga tinchlik-xotirjamlik so‘radilar. 

Izoh qoldirish