2

Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy dars soati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Ra’no O‘razova “Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli” mavzusida ma’ruza qildi. 

Akademiya vakili yurt ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan Jaloliddin Manguberdining vatanparvarlik borasidagi xizmatlarini tarixiy ma’lumotlar bilan yodga oldi.

Hurriyat yo‘lida mardlarcha kurashib, jonini fido qilgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramon ekanini e’tirof etdi.

Chindan ham Jaloliddin Manguberdi boshiga ne bir musibat tushmasin, faqat va faqat Vatan, istiqlol, istiqbolini o‘ylagan mard va jasur shaxs. Jasorat va mardlik timsoli, qahramon sarkarda Jaloliddin Manguberdi mangulikka daxldordir.

Tadbir davomida jarayonda IIBB Jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘limi mas’ullari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi dars soatlari va vazirlikning tegishli topshiriqlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Izoh qoldirish