Yangi O‘zbekiston: ma’naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Yangi O‘zbekiston: ma’naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur konferensiyada respublika oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Rahmatilla Gʻoyibnazarov “Yoshlarni mafkuraviy tahdidlar xavfidan saqlash – tarbiyaning muhim omili” mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.
Аnjumanda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan qo‘yilgan muammolar va taklif etilgan yechimlar, ma’naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar bo‘yicha tajriba almashinuvlar, nazariy xulosalar bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish