8

“Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish etildi

Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, ma’rifarparvar alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mutafakkirning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida 1-bosqich talabalari uchun “Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish etildi.

Film Kinematografiya agentligi hamda “BRAND PRO MEDIA” studiyasi hamkorligida “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlangan. Film ssenariysi “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov qalamiga mansub. Eslatib o‘tamiz, mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida suratga olingan. Unda o‘zbek teatr dramaturgiyasining asoschisi, taniqli publitsist, jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi aks etadi. 

Izoh qoldirish