8

Akademiyada “Mustaqillik darslari” davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida 1-bosqich talabalari uchun Iqtidorli talabalar ilmiy faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan davlat yoki maxsus stipendiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda Iqtidorli talabalar ilmiy faoliyatini tashkil etish bo‘limi muhandisi Xusniddin Xolmatov davlat yoki maxsus stipendiyalar haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbirda Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Izoh qoldirish