8

Professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar uchun “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi” mavzusida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fanni rivojlantirish va prognozlash departamenti boshlig'i, Clarivate kompaniyasining O'zbekiston Respublikasidagi rasmiy maslahatchisi Diana Abdumo‘minova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan trening davomida ma’ruzachi tomonidan Pivot-RPdan ro‘yxatdan o‘tish, foydalanish, uning afzallik jihatlari, loyiha turlari, loyihalarni tasniflash, taqdim etish yoʻllari va qoʻlga kiritish boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, bazadagi xalqaro konfrensiyalar, stajirovkalar hamda ularda ishtirok boʻyicha amaliy koʻnikmalar shakllantirildi. 

Ushbu platforma tadqiqot grantlarining eng yirik xalqaro ma’lumotlar bazasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab yuzlab universitetlar va tadqiqot tashkilotlari olimlari ushbu manbadan o‘zlarining tadqiqotlari uchun mos grantlar va mablag‘larni topish uchun foydalanadi.

Seminar davomida Oʻzbekistondagi Scienceweb ilmiy tadqiqotlar bazasi rahbari Ulugʻbek Mirzalimov “Oʻzbekiston Respublikasida sifatli ilmiy nashrlarni rivojlanishi: tahlil, talab va istiqbollar” mavzusida amaliy seminar ham o‘tkazildi. 

Unda xalqaro ilmiy bazalarda nashr amaliyoti, xususan, maqola, oʻquv-qoʻllanma, darslik, monografiya, dissertatsiya va boshqa tadqiqotlarni mazkur bazada tijoratlashtirish yoʻllari boʻyicha tushuntirish berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.

Izoh qoldirish