11

Akademiyada professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyot” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova hamda dotsent Dilfuza Sagdullayeva tomonidan “Noarablarga arab tilini o‘qitish uslublari – O‘mon tajribasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur o‘quvlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, o‘tgan o‘quv yilida “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova, dotsent Dilfuza Sagdullayeva, “Lingvistika” yoʻnalishi magistranti Barno Ismoilova Oʻmon Sultonligining Sulton Qobus universitetida noarablarga arab tilini oʻqitish institutida malaka oshirish kurslarida qatnashgan edi.

Trening davomida ma’ruzachilar tomonidan mazkur safar davomida olgan bilim-ko‘nikmalari, Oʻmon Sultonligidagi taʼlim tizimi, xususan, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, arab tilini oʻqitish boʻyicha metodlari haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish