105

Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Vatan tushunchasiga ta’riflar bisyor. Yozuvchi asarida, shoir she’rida, san’atkor qo‘shig‘ida madh etadi. Ularning ijodini bezaydi. Vatanga o‘xshatishlar ham ko‘p. Eng bebaho va go‘zali – onaga qiyoslanishi. Onamizni qanchalar sevamiz, e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Xonadonni onasiz tasavvur eta olmaymiz. Vatanimiz ham shunga munosib. Har ikkisining mehri ila hayotimiz yorug‘ va farovon bo‘ladi. Vatan – ona yerimiz va kindik qonimiz tomgan zaminimiz ekani ayni haqiqat. Uyimiz, mahallamiz, tumanimiz, shahrimiz, mamlakatimiz bu Vatandir.

Vatan – ota makon. Uning nomini otamizni ulug‘lagandek, “ota makonim”, deyilishida ham hikmat mujassam. Otamizga qiyoslanishi oilaning boshi, xavf-xatardan himoyachi va qalqon, yovlardan asraguvchi, g‘amxo‘r, ta’lim va tarbiya beruvchi hazrati insondir.

Munira QAHHOROVA,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori

Manba: “Vatanparvar” gazetasi 2024-yil 30-avgust, 35-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish