“Xalqaro yoshlar turizm festivali” start oldi
Joriy yilning 21-25-avgust kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro yoshlar turizm festivali” o‘tkazilmoqda.
Mazkur festivalda Turkiya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 100 ga yaqin vakillar ishtirok etmoqda.
Ushbu festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
“Xalqaro yoshlar turizm festivali”ni tashkil etishdan maqsad mamlakatimizda chiqish va kirish turizmini rivojlantirish, mamlakatlar va universitetlar o‘rtasida madaniyatlararo almashinuv va aloqalarni rivojlantirish, barqaror turizm muammolari va imkoniyatlarini muhokama qilishga tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish, turli mamlakatlardagi barqaror turizm tendensiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS)da festivalning ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) rektori Ilhom Mamatqulov, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti kadrlar bo‘limi boshlig‘i Barno Xalokova, Il Santuccio Wine assotsiatsiyasi prezidenti Leonardo Komuchchi, Sharqiy Yevropa uchun Globat agroekoturizm tarmog‘i (GAN) prezidenti (Belarus) Valeriya Klisunova, Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU) prorektori, professor (Polsha) Slavomir J.Vroblevski, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan turizm sohasi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoqlaridan biri hisoblanishi, so‘nggi yillarda esa turizm yurtimiz milliy iqtisodiyotining “o‘sish nuqtalaridan” biriga aylangani e’tirof etildi. Turizmning ko‘plab yo‘nalishlari qatorida yoshlar turizmi ham alohida o‘rin tutishi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, festival tadbirlari kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davom etadi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish