40

Akademiyada mahalla yoshlari uchun sport bellashuvlari o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuv videoselektor yigʻilishining 31-sonli bayonida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-iyul 3/15-31-2024-26-son xati ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sport bellashuvlari o‘tkazildi.

Ushbu bellashuvlar yoz mavsumida mahalla yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Unda Shayxontohur tumanida joylashgan “Jangoh”, “Labzak” va “O‘rda” mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari sportning futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bellashdi.

Musobaqalarni Akademiya birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov ochib berdi. 

10 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqalarida “Labzak” MFY yoshlari g‘alaba qozongan bo‘lsa, 7 yoshdan 10 yoshgacha yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda “Jangoh” MFY yoshlari g‘alabaga erishdilar.

Yakunda g‘oliblar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izoh qoldirish