74

Akademiya huzuridagi malaka oshirish markazi faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 25-son Qaroriga asosan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari tashkil etilgan. 

Mazkur Farmon va Qarorga asosan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy soha xodimlarini islom tarixi va manbashunosligi, qurʼonshunoslik va hadisshunoslik hamda fiqh va kalom ilmi kabi yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.

2023-2024 oʻquv yili davomida Markaz va uning mintaqaviy filiallarida jami 4080 nafar tinglovchilarning malakasi oshirildi. Jumladan, “Islomshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha 144 soatlik oʻquvlarda 1085 nafar shundan, Markazda 435 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy filialida 71 nafar, Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 214 nafar / 40 nafar, Surxondaryo mintaqaviy filialida 110 nafar, Namangan mintaqaviy filialida 255 nafar tinglovchilar uchun malaka oshirish oʻquvlari tashkil etildi.

Shu bilan birga, Malaka oshirish markazida shartnoma asosida qisqa muddatli 72 va 36 soatlik oʻquv kurslarida jami 2995 nafar nafar tinglovchilar malaka oshirish oʻquvlarini yakunladilar. 

Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari professor-oʻqituvchilari tomonidan 2023-2024 oʻquv yili davomida 3 ta maqola SCOPUS roʻyxatidagi jurnallarda chop etildi. 1ta darslik, 2 ta risola, 2 ta monografiya, 3 ta ilmiy va ommabop kitoblar, 1 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma nashr etildi. Ilmiy jurnallarga 54 dan ortiq maqola, Respublika va xalqaro konferensiyalari toʻplamlarida 85 ta tezis chop etildi. Oʻzbekiston televideniyasiga 12-marta intervyu berildi. Internet saytlarida 25 ta maqola va 20 dan ortiq videodarslar eʼlon qilindi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish