77

AKADEMIYA HUZURIDAGI IMOM MOTURIDIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI FAOLIYATI BOʻYICHA

– Markaz tomonidan jami 29 nomdagi kitob va xalqchil risolalar nashr qilindi. Jumladan:

– Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining 7-8-juzlari hamda 13-14-15-16-17-18-juzlarining oʻzbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimasi tayyorlandi;

– Imom Moturidiy “Kitob at-tavhid” asarining zamonaviy nashri Iordaniyaning “Maktabat al-Gʻonim” nashriyotida nashr qilindi;

– Imom Moturidiy “Risola fi-t-tavhid” asarining zamonaviy nashri Iordaniyaning “Maktabat al-Gʻonim” nashriyotida nashr qilindi;

– Abul Muin Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarining 1-juzi oʻzbek tiliga tarjima qilindi;

– Bobartiy “Sharh al-Aqoid at-tahoviya” asari oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilindi;

– Abul Husayn Bashogʻariy “Ismat al-anbiyo” asarining zamonaviy nashri tayyorlandi;

– “Islomda taʼlim” nomli kitob nashr qilindi (188 bet);

– “Ten Mutakallims of Mawarannahr” nomli ingliz tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (60 bet);

– “Ten Faqihs of Mawarannahr” nomli ingliz tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (60 bet);

– “Ten Mutasawwifs of Mawarannahr” nomli ingliz tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (52 bet);

– “Ten Muhaddiths of Mawarannahr” nomli ingliz tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (56 bet);

– “Ten Mufassirs of Mawarannahr” nomli ingliz tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (56 bet);

– “Xalqaro islom tashkilotlari” nomli kitob nashr qilindi (132 bet);

– “Ibn Saʼdning “at-Tabaqot al-kubro” asari – islom tarixiga oid muhim manba” nomli monografiya nashr qilindi (208 bet);

– “Muhammad Hakim Termiziyning “Tahsil nazoir al-Qurʼon” asari” nomli monografiya nashr qilindi (232 bet);

– “Abu Mansur Moturidiyning Movarounnahr tafsirshunoslik sohasi rivojiga qoʻshgan hissasi” nomli monografiya nashr qilindi (244 bet);

– “Indoneziyaga islomni yoygan Samarqand ulamolari” nomli monografiya nashr qilindi (200 bet);

– “Muhammad Shayboniy asarlarida xalqaro munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari” nomli monografiya nashr qilindi (200 bet);

– “Tavhid risolasi” nomli kitob nashr qilindi (72 bet);

– “Imom Moturidiy oʻgitlari” nomli kitob nashr qilindi (128 bet);

– “Moturidiylik taʼlimoti bibliografiyasi” nomli kitob nashr qilindi (128 bet);

– “Buyuk ajdodlarimiz” nomli xalqchil risola nashr qilindi (256 bet);

– “Our Great Ancestors” nomli ingliz tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (244 bet);

– “Nashi velikiye predki” nomli rus tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (300 bet);

– Markaz xodimlari tomonidan 47 ta ilmiy ish, jumladan, 16 ta maqola nufuzli ilmiy jurnal va toʻplamlarda, 31 ta tezis xalqaro va mahalliy miqyosda oʻtkazilgan konferensiya toʻplamlarida chop etildi;

– Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi (1267 bet);

– Abul Muin Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi (297 bet).

– AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga oid 25 ta bevosita davra suhbati oʻtkazildi;

– Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH, Eron, Turkiya, Afgʻoniston, Qozogʻiston Respublikasidagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari xodimlarining Markazga 13 ta tashrifi amalga oshirildi;

– Malayziya va Indoneziya kabi mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar vakillari bilan 3 ta onlayn uchrashuv tashkillashtirildi;

– Xorijiy hamkorlar bilan dolzarb mavzularda 9 ta ilmiy seminar tashkil etildi;

– “Oʻzbekiston”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Madaniyat va maʼrifat” kabi markaziy telekanallari hamda “Ziyo” media markazi orqali Markaz faoliyatiga oid 10 ga yaqin koʻrsatuv efirga uzatildi;

– “Mahalla”, “Oriat dono”, “FM 90,8” radiokanallari orqali yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan 18 ta eshittirish efirga uzatildi;

– “Tong yulduzi”, “Ishonch”, “Hurriyat”, “Jamiyat” kabi markaziy nashrlarda Markaz xodimlarining 10 ga yaqin publitsistik maqolalari chop etildi;

– islom dini mohiyatini buzib talqin qilayotgan radikal guruhlarga qarshi 42 ta videorolik, 23 ta audio material tayyorlandi;

– nufuzli nashrlarda muhim sanalar munosabati bilan 3 ta publitsistik maqola eʼlon qilindi;

– Markaz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarga jami 1018 ta material joylashtirildi;

– Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida raddiya shaklida 440 ta material (shu jumladan, 394 ta video, 15 ta maqola, 26 ta infografika, 23 ta audio koʻrinishidagi material) eʼlon qilindi.

– Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari mahallalarida ijtimoiy koʻmakka muhtojlar, keksa avlod vakillari, uyushmagan yoshlar va xotin-qizlar uchun “Jaholatga qarshi maʼrifat”, “Ogohlik davr talabi”, “Ilm-maʼrifat kelajak poydevori” kabi mavzularda 60 ta targʻibot tadbiri oʻtkazildi, tadbirlarda 5155 nafar shaxs qamrab olindi;

– Toshkent shahri hamda Andijon, Namangan, Fargʻona, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida Markaz faoliyati hamda nashrlarining 54 ta taqdimoti oʻtkazildi, taqdimotlarda 20040 nafar shaxs qamrab olindi; 

– 2024-yil 11-mart – 10-aprel kunlari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari oʻrtasida “Moturidiylik taʼlimoti” mavzusida onlayn viktorina oʻtkazilib, gʻoliblar aniqlandi;

– internetdagi M.Abdulmoʻminga tegishli 154 ta, A.Navqotiyga tegishli 33 ta, Hizbut tahrirning “Yechim islomda” nomli kanaliga tegishli 59 ta, jami 246 ta radikal mazmundagi noxolis kontentlar tahlil qilinib, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga maʼlumotnomalar taqdim etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish