98

Moliyaviy-xoʻjalik yoʻnalishda

Akademiya moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, saqlash hamda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar ish haqi toʻlovlari va talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliya-iqtisod boʻlimi tomonidan 2023-2024-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirib kelindi: 

Joriy 2023-2024-oʻquv yilining oʻtgan davrida budjet mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy nafaqa boʻyicha umumiy xarajatlar 54917,5 mln.soʻmni tashkil etib, shundan:

– 41710,6 mln. soʻm ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun birinchi guruh xarajatlari;

– 8303,9 mln.soʻm ish beruvchi ajratmalari va ijtimoiy nafaqalar; 

– 4903,0 mln.soʻm birinchi guruh xarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilgan.

Toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy nafaqa boʻyicha umumiy xarajatlar 29 516,3 mln.soʻmni tashkil etib, shundan 5284,3 mln.soʻm ikkinchi guruh xarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilgan.

2023-2024-oʻquv yili davomida professor-oʻqituvchi, ishchi-xodim moddiy qoʻllab quvvatlash va talabalarni yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Budjet mablagʻlari hisobidan:

– 920,9 mln.soʻm bayram kunlari munosabati bilan mukofotlar;

– 1506,7 mln.soʻm ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan ustamalar;

– 328,2 mln.soʻm vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish davri uchun nafaqa toʻlovlar;

– 25,1 mln.soʻm toʻliq davlat qaramogʻidagi talabalarga ijtimoiy toʻlovlar; 

– 649,0 mln.soʻm ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatini olib borayotgan ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq (Vazirlar Mahkamasining 24.12.2019-yilgi 1030-son qaroriga asosan);

– 1446,4 mln.soʻm ijarada yashovchi talabalarga Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-son qaroriga ijara toʻlovlari byudjet mablagʻlaridan qoplab berilgan.

Toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan:

– 525,0 mln.soʻm bayram kunlari munosabati bilan mukofotlar;

– 570,0 mln.soʻm ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan ustamalar;

– 34,3 mln.soʻm moddiy yordam puli;

– 156,8 mln.soʻm vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish davri uchun nafaqa toʻlovlar.

Joriy 2023-2024-oʻquv yili davomida budjet mablagʻlari hisobidan Xalqaro fan olimpiada gʻoliblari boʻlgan 3 nafar talaba 4,1 mln. soʻm, faol fakultet koordinatorlari boʻlgan 11 nafar talaba 17,1 mln.soʻm, sport musobaqalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan 

72 nafar talaba 41,4 mln.soʻm miqdorida, toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan Yil talabasi-2023 koʻrik tanlovida ishtiroki uchun 11 nafar talabalar 11,9 mln.soʻmlik moddiy ragʻbatlantirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 516-son va Akademiya rektorining 2023-yil 20-dekabrdagi 01-196-sonli buyrugʻiga asosan 5 nafar talabaga (shundan 1 nafari Prezident stipendiyasi, 3 nafar Imom al-Buxoriy stipendiyasi, 1 nafar Islom Karimov nomli stipendiya) joriy oʻquv yili davomida byudjet mablagʻlari hisobidan 80,4 mln.soʻmlik stipendiyalar toʻlovi amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-sonli qaroriga asosan Akademik litsey iqtidorli oʻquvchilari uchun “Rektor stipendiyasi” joriy etilib, joriy oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan 25,9 mln.soʻm litsey hisob raqamiga oʻtkazib berilgan.

Budjet mablagʻlari hisobidan Manbalar xazinasiga umumiy summasi 28,4 mln.soʻm boʻlgan 15 dona qoʻlyozma va toshbasmalar asarlar;

Budjet mablagʻlaridan ARM fondini boyitish maqsadida umumiy summasi 43,1 mln.soʻm boʻlgan turli nomdagi adabiyotlar xarid qilingan.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
20
Moliya-iqtisod faoliyati
Moliyaviy-xoʻjalik yoʻnalishda
18:47
May
07
Apr
08
Moliya-iqtisod faoliyati
MOLIYAVIY HISOBOTLAR 2021-YIL
12:16

Izoh qoldirish