71

Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishda

Akademiyada asosiy (ichki oʻrindoshlik) ish hajmida jami 162 nafar professor-oʻqituvchi, jumladan, 1 nafar akademik, 28 nafar fan doktori, 97 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ilmiy salohiyat 77.1 % ni tashkil qilmoqda. 

Hozirgi kunda jami 66 nafar doktorant faoliyat olib bormoqda. Shulardan 3-kursda 24 nafar, 2-kursda 22 nafar, 1-kursda esa 20 nafar va 5 nafar xalqaro tayanch doktorantlar faoliyat olib bormoqda. Ularning 21 nafari diniy-maʼrifiy sohada faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot xodimlar hisoblanadi. 

Akademiya huzurida taʼsis etilgan ixtisoslashgan Ilmiy kengashda mazkur davr mobaynida jami 2023-2024-oʻquv yilida ixtisosliklar kesimida 25 ta doktorlik himoyalar oʻtkazildi. Shulardan, 1 nafari fan doktori (DSc). 

Tayanch doktorant, tadqiqotchilarning mutaxassislik fanlaridan 50 dan ortiq malakaviy hamda qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazildi. Ular tomonidan 100 dan ortiq xorijiy va respublika OAK jurnallarida ilmiy maqolalar, 300 dan ortiq konferensiya materiallari nashr qilindi. 

Mazkur oʻquv yili mobaynida Scopus va Web of science kabi xalqaro bazalarida maqolalar soni 100 ta va 20 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar mazkur bazada iqtiboslikka erishildi. Respublika OAK jurnallarida 465 ta, xorijiy OAK jurnallarida 459 ta, respublika tezis 395 ta, xorijiy tezis 396 ta, mualliflik guvohnomalari 146 ta hamda 53 ta monografiyalar tayyorlandi. 

“Islom ziyosi” jurnalining 2023-yilda 4 ta (2024-yil №1-2-son) hamda “Islom tafakkuri” jurnalining 2023-yilda 4 ta son va 3 ta maxsus sonlari (2024-yil №1-2-son va 2 ta son) nashr qilindi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish boʻlimi tomonidan 2023-2024-oʻquv yili davomida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 27 ta fan toʻgaragi tashkil etildi, xususan, xorijiy (ingliz va arab) tillarni yanada mukammal oʻrganish uchun kengroq imkoniyatlar yaratildi. Oʻquv yili 4 nafar talaba “Mahmudxoʻja Behbudiy” nomidagi maxsus stipendiyasi bilan taqdirlandi. 

Manbalar xazinasiga 8 ta fuqaro tomonidan 26 ta – 11 ta qoʻlyozma, 15 ta toshbosma kitoblar sotib olindi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xalqaro hamkorlik boʻlimi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda 3 ta fuqaro tomonidan 131 nomdagi 208 ta kitoblar Manbalar xazinasiga foydalanish uchun topshirildi. Mazkur kitoblar boʻlim fondiga qabul qilinib, Akademiya balansiga kirim qilindi va roʻyxatga olindi.

Fondda saqlanayotgan qoʻlyozma va toshbosma kitoblar dekabr va iyun oylarida roʻyxatga olingan inventar raqam asosida inventarizatsiyadan oʻtkazildi. 300 ta qoʻlyozma kitobning 2 jildli kengaytirilgan katalogi nashr etildi. 1-jildda 150 ta qoʻlyozma, 393 ta asarning kengaytirilgan tavsifi berilgan. 2-jildda 150 ta qoʻlyozma, 504 ta asarning kengaytirilgan tavsifi berilgan. Mazkur 2 jildli kengaytirilgan katalogning ikkita jildi qayta tahrir etilib nashrga tayyorlandi.

“Islom ensiklopediyasi”ning 2-jildi nashrga tayyorlandi. Ensiklopediyaning 3-jildi uchun 217 ta maqola tayyorlandi, 82 ta rasm, xarita va bezaklar tanlandi, retush qilindi va ensiklopediya talablariga moslashtirildi. “Wikipediya” ochiq ensiklopediyasi uchun 4 mingta maqolaning birlamchi varianti tayyorlandi, mavjud boʻlgan 4300 ta maqola tahrir qilindi, 1000 ta maqola Din ishlari boʻyicha Qoʻmitaga dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish uchun qoʻmitaga yuborildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish