Jaholatga qarshi maʼrifat yoʻnalishida
Akademiyada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, talaba-yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularda axborot isteʼmoli madaniyati shakllantirishni tizimli asosda tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. “Oʻzbekistonda vijdon erkinligini taʼminlash va diniy tashkilotlar faoliyati”, “Diniy aqidaparastlik va fundamentalizmning salbiy oqibatlari”, “Ekstremistik va terrorchi tashkilotlar ilgari surayotgan buzgʻunchi gʻoyalar – ijtimoiy hayotga tahdid” “Yoshlarni radikalizm va ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Milliy qonunchilikda diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-meʼyoriy hujjatlar va javobgarlik asoslari”, “Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling!”, “Huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy davlatda dinning oʻrni” mavzularida axborot va murabbiylik soatlarida 2200dan ziyod talabalar uchun 200dan ortiq davra suhbatlari tashkil etildi.
Ilm-u irfon mevasidan Akademiya talabalarini oziqlantirgan, ularni jamiyatimiz uchun salohiyatli mutaxassis boʻlib yetishishlari uchun bor bilim, kuch-gʻayratlarini ayamagan, hozirda qarilik gashtini surayotgan ustozlarimizning xonadonlariga 20ga yaqin tashriflar uyushtirildi, vafot etgan 10 dan ortiq professor-oʻqituvchi yod etilib, qabrlari ziyorat qilindi, atroflari obodonlashtirildi.
“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida biriktirilgan Olmazor tumanidagi 1-, 242-, 24-umumtaʼlim maktablariga va Akademiyaga Respublikada koʻzga koʻringan ijodkorlar Nosirjon Joʻrayev, Otabek Joʻraboyev, Ziyoviddin Mansurlarning tashriflari uyushtirildi. U yerda “Xofiz Koʻxakiy”, “Eski shahar”, “Nihol”, Gʻalaba, “Abu Bakr ash-Shoshiy”, “Qoʻshtut” mahalla fuqarolari yigʻinlari vakillari, talabalar, professor-oʻqituvchilar, talaba hamda oʻquvchilar ishtirokida 10dan ortiq uchrashuvlar, adabiy kechalar, “yashil makon” tadbirlari tashkil etildi.
Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yosh yigit-qizlarning izlanish va qiziqishlarini eʼtiborga olib, 39 marotaba davra suhbatlari hamda uchrashuvlar, sportning 5 turi (shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol, futbol) boʻyicha, shuningdek, “tikuvchilik”, “pazandachilik” boʻyicha musobaqa va tanlovlar yoʻlga qoʻyildi.
Akademiyaning 318 nafar xodimlari tomonidan Toshkent shahri hamda Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlaridagi mahallalar hamda tashkilotlarda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida jami 489 ta targʻibot tadbiri oʻtkazildi, tadbirlar davomida 19 116 nafar shaxs qamrab olindi.
Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish maqsadida 25 nafar koʻngilli talabalar va 10 nafar ekspertlar iborat “Maʼrifatparvarlar” klubi tashkil etildi.
Klub tomonidan “Soxta daʼvatchilar” aslida kimlar?”, “Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi”, “Axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirishdagi dolzarb muammolar va yechimlar”, “Dunyoviy jamiyatda ayollarning oʻrni va ularni radikallashuvning salbiy taʼsiridan himoya qilish choralari”, “Radikallashuvga qarshi kurashda milliylik omilining roli” mavzularida turli oliy taʼlim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida maʼrifiy tadbirlar uyushtirildi.
“Dolzarb mavzu” ruknida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” ezgu gʻoyasi asosida (yoshlarni ilm-maʼrifat, kasbu hunarga yoʻnaltirish, turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyat va anʼanalar asosida kamol toptirishga doir) 3 ta maxsus koʻrsatuv tayyorlandi.
You Tube kanalidagi Jaholatga qarshi maʼrifat gʻoyasi asosida “Raddiyalar: notoʻgʻri talqin va asl mohiyat” sahifasi tashkil etilib, unda 100 dan ortiq raddiya roliklari, koʻrsatuv hamda radikalizm va yot gʻoyalarga qarshi kurashish yoʻnalishida ijtimoiy va inforoliklar eʼlon qilindi.
Akademiya talabalarida din niqobidagi ekstremizm gʻoyalariga qarshi kurash koʻnikmalarini shakllantirish va mazkur yoʻnalishdagi faol ishtirokini taʼminlash maqsadida “Akademiya kibervolonterlari guruhi” tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida 200 dan ziyod talaba OʻzXIA tomonidan buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi tayyorlangan raddiyalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan shugʻullanmoqda.
Izoh qoldirish